Korrupsiyaviy xavf – xatarlarni minimallashtirish yo‘lida choralar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur ishlab  chiqildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, korrupsiya xavf – xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarning faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxati shakllantirildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab  chiqilib tasdiqlangan dasturda korrupsiyaviy xavf – xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan  tegishli choralarlar belgilab olindi.

Jumladan, 

- yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat nazoratini va profilaktika tadbirlarini  amalga oshirishga chiqishdan oldin inspektorlar bilan suhbat o‘tkazish;

- poyezdlar harakati xavfsizligi talablarini buzish holatlari bo‘yicha temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan olib boriladigan har bir xizmat tekshiruvlarining to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatish;

- xavfli yuklar, qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga asosli xulosalar berilishi bo‘yicha alohida hisobini yuritish;

- harakatlanadigan tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsat berish tartib - taomillaridan o‘tkazilgan, shuningdek, ruxsat berish tartib taomillarida komissiya tarkibida qatnashgan masʼul xodim ustidan alohida nazorat o‘rnatish;

- inspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish.

R.Isroilov
Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi
ichki nazorat faoliyati uchun masʼul
xodim vazifasini bajaruvchi