Faoliyatga doir hisobot
Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan 2023 yilda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
ASOSIY KO‘RSATKIChLAR
2023 yilda transport nazorati sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan,
Tadbirkorlik sub’ektlarida xavfni tahlil qilish orqali
692 marotaba nazorat tadbirlari (tekshirish) o‘tkazildi;
Tekshiruv natijasi bo‘yicha 966 ta yozma ko‘rsatmalar berildi;
4 477 marotaba Tadbirkorlik sub’ektlarida Profilaktik tadbirlari o‘tkazildi;
Aniqlangan qoida buzilishlar bo‘yicha 110 162 ta Ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud tartibida 141 303 mln.so‘m jarima mablag‘lari undirildi;
110 ta Ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalarida ishtirok etildi;
Yo‘l qurilish ob’ektlarida 8 969 mln.so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlarga 137 ta talabnomalar kiritildi.
TRANSPORT NAZORATI SOHASI YO‘NALIShLARI KESIMIDA 2023 YILDA ERIShILGAN NATIJALAR
Avtomobil va suv transporti nazorati yo‘nalishi bo‘yicha:
Avtomobil transporti soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami
3 970 ta korxonalar (MChJ) mavjud bo‘lib, ularda litsenziyalangan transport vositalari 229 917 tani tashkil etmoqda, jumladan:
Respublika bo‘yicha joriy yil 1 yanvar holatida 3 896 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari 2 426 tani vaqtincha faoliyat ko‘rsatmayotganlari esa 1 470 ta ni tashkil etadi.
O‘tkazilgan reydlar 16 188 ta.
Rasmiylashtirilgan bayonnomalar 110 298 ta.
Litsenziya olganlar 71 180 ta.
Ma’lumot uchun: 2023 yil 31 dekabr holatiga Jami litsenziyalangan transport vositalari soni 229 917 tani tashkil etadi.
O‘tkazilgan tekshuruvlar 49 ta.
Temir yo‘l va metropoliten nazorati yo‘nalishi bo‘yicha:
65 ta tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Mazkur tekshiruvlar jarayonida 3805 ta temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari buzilishi, infratuzilma va harakat tarkiblarining nosozligi aniqlandi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 61 ta ko‘rsatmalar berildi.
2 022 ta temir yo‘l transporti xavfsizligini ta’minlash va texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
43 ta temir yo‘l transporti ob’ektlari, mahsulotlari va texnologiyalarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilish ishida ishtirok etildi.
98 ta temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi talablarini buzish holatlari bo‘yicha temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan olib borilgan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etildi.
82 ta temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlariga harakat xavfsizligi bo‘yicha tahliliy xabarnomalar yuborildi.
1 266 ta temir yo‘l kesishmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etildi.
181 ta mahalla va o‘quv muassasalarda manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Yo‘l qurilishi nazorati yo‘nalishi bo‘yicha:
1 094 marotaba Tadbirkorlik sub’ektlarida Profilaktik tadbirlari o‘tkazildi;
Ob’ektlarda 917 martaba nazorat qilish ishlari o‘tkazildi.
Nazorat qilish ishlari natijasida 1 945 ta qoida buzarliklar aniqlandi.
Ma’lumot uchun: shundan, qurilish – 135 ta, rekonstruksiya – 282 ta, ta’mirlash – 1 132 ta va boshqa ob’ektlarda 396 ta.
Aniqlangan qoida buzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha jami
943 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun: shu jumladan: buyurtmachilarga – 30 ta, pudratchilarga – 736 ta, boshqa tashkilotlarga – 177 ta.
Yo‘l qurilish ob’ektlarida 8 969 mln.so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlarga 137 ta talabnomalar kiritildi.
Qo‘pol ravishdagi qoida buzarliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 86 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Hisobot davrida barcha dasturlar doirasida foydalanish topshirilishi rejalashtirilgan ob’ektlar soni 163 ta (shu jumladan: yo‘l ob’ektlari – 110 ta va ko‘prik ob’ektlari 53 ta), amalda Transport nazorati inspeksiyasi ishtirokida jami – 90 ta ob’ekt foydalanishga qabul qilindi, jumladan:
avtomobil yo‘llari jami 49 ta, ya’ni 262,85 km (shu jumladan: qurilish – 6 ta, rekonstruksiya qilish - 20 ta, mukammal ta’mirlash – 23 ta);
sun’iy inshootlar jami 41 ta, ya’ni 6231 metr (shu jumladan: qurilish – 4 ta, rekonstruksiya qilish - 26 ta, mukammal ta’mirlash – 11 ta).
Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasining Rostransnadzor vakolatli transport nazorati organi bilan tajriba almashish ishlari amalga oshirildi va anglashuv memorandumi imzolandi.
Sohada islohotlarni davom ettirish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, 2024 yilda transport nazorati sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan avtomobilda xalqaro tashish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
respublika hududida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish;
yuk va yo‘lovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish;
harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda infratuzilmasi ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reestrini yuritish.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sohani raqamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, mazkur yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
“Temir yo‘l harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Mazkur tizim yaratilishi natijasida:
Respublikadagi temir yo‘l harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllanishiga erishiladi;
Lokomotiv, vagon, elektrota’minot, aloqa va signallashtirish, tashish va yo‘l xo‘jalik ob’ektlarining texnik holati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar shakllanadi;
Davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkoni yaratiladi.
Mehnat va dam olish rejimiga, belgilangan tezlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun taxograf qurilmasidagi ma’lumotlarni aniqlaydigan maxsus elektron qurilma (kardrider) xarid qilinadi va dasturiy ta’minotga ulanadi.
Ushbu bilan, yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan haydovchilarning xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda mehnat va dam olish rejimiga, belgilangan tezlikka rioya etilishini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Shu orqali, yo‘l transport hodisalarining oldini olish va o‘lim holatlarini qisqartirish yoki bartaraf etishga erishiladi.
Inspeksiya xodimlarini zamonaviy axborot elektron qurilmalari bilan ta’minlanadi. Xususan, davlat inspektorlari 150 ta planshet va 251 ta bodi kamera qurilmalari bilan jihozlanadi, ular uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Shu orqali:
inspeksiya xodimlarining ish samaradorligi oshiriladi;
reyd nazorat tadbirlari davomida hujjatlarni rasmiylashtirishda qog‘ozbozlikdan voz kechiladi;
reyd tadbirlarida xodimlar ish faoliyati masofadan nazorat qilinadi;
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy korrupsiyaviy holatlar oldi olinadi.
“Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, “Shaffof qurilish” va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi va test rejimida Toshkent shahar va Toshkent viloyatlarida ishga tushuriladi.
Mazkur tizim ishga tushirilishi natijasida:
yo‘l qurilishi ob’ektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.
qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatbozlik tizimidan avtomatlashtirilgan elektron tizimga o‘tiladi;
yo‘l qurilshi ob’ektlarining loyiha hujjatlari va ekspertiza xulosalari, texnik, mualliflik va ichki nazoratchilar hamda ob’ektlarda bajarilayotgan ishlar va ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimdan elektron shaklda o‘rganish va nazorat ishlarini amalga oshirish imkoni yaratiladi.