Tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da vazirlik, idora va tashkilotlarda yoshlar masalalari uchun mas’ul bo‘lgan 150 ga yaqin xodim ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv dasturida tashkilotlarda yoshlarga oid siyosatni samarali yuritishga qaratilgan treninglar, tajribali tadbirkor va san’at vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek sport musobaqalari ham o‘rin oldi.

Seminarning yana bir muhim jihati, yoshlar manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan yangi loyihalarni agentlik va tashkilotlar o‘rtasida samarali tarzda amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.

Seminar yakuniga ko`ra Transport nazorati inspeksiyasi Yoshlar masalalari bo`yicha mas`ul xodim Mardonjon Yoqubov faol ishtiroki uchun tegishli sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati