Xalqaro hamkorlik

2024-yil 8-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov va Belarus Respublikasi Transport inspeksiyasi boshlig‘i Vitaliiy Kireev ishtirokida videokonferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Har ikki tomondan transport yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul rahbarlar ham ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz tashuvchilar tomonidan avtotransport vositalarining yoʻllarda harakatlanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishning milliy qonunchilikda belgilangan talablari toʻgʻrisida axborot almashildi.

2024-yil 22 noyabrda "Transport haftaligi – 2024" doirasida tashkil etilgan Xalqaro konferensiyada anglashuv memorandumi imzolandi.

"Transport haftaligi – 2024" yakunida  Xalqaro transport koridorlari boʻylab tashishlar xavfsizligini taʼminlashda transportda nazorat organlarining oʻzaro hamkorligi yuzasidan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

“Yevrosiyo mintaqasi davlatlarining transport xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazorat organlarining ilgʻor tajribalarni joriy etishda hamkorligi” rezolyutsiyasini amalga oshirish maqsadida transportda nazorat organlari rahbarlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

15.01.2025