Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Transport nazorati inspeksiyasida korrupsiya va tadbirkorlarga bosimlar” sarlavhali xabarlar yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Xabarda ta’kidlanganidek bunga qadar mazkur talqindagi xabarlar chiqqanligi bois barcha holatlarni aniqlash maqsadida, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari va xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra maqolada bayon etilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
Shuningdek, viloyatdagi tashuvchilar bilan ochiq muloqot qilish maqsadida, Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov Toshkent viloyati hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashib, ularning taklif va e’tirozlarini eshitgan, barcha masalalar atroflicha muhokama qilingan. (https://t.me/Uztransnazorat/4942)
Shu o‘rinda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari faoliyatidan e’tiroz va shikoyatlaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari (https://t.me/Uztransnazorat/4242) orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram bot @anticorruption_uztn_bot
Ishonch telefoni 71-202-05-01(515)
Rasmiy veb saytdagi sahifa https://uztn.uz/uz/activitylist/kontakty2
Mas'ul xodim telefon raqami +99890 075-55-57
Bugungi kunga qadar yuqoridagi mazmunda asosli murojaatlar kelmaganligini ma’lum qilamiz.