Gender tengligi

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari 18-iyul 2024-yil Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrifi

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlarni, ayniqsa yoshlarni kitoblar olamidagi yangiliklar bilan tanishtirish, boy tarixga ega bo‘lgan ona tilimizning o‘ziga xos tomonlarini keng kitobxonlarga tanishtirish, davlat tilida ish yuritishda grammatik, orfografik qoidalarga e’tiyuor qaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri Inspeksiya markaziy apparati bir guruh xodim va yoshlarining 2024-yil 31-iyul kuni Transport vazirligida o‘tkazilgan kitoblar taqdimotiga jalb etildi.

2024-yil 8-9 –iyun kunlari Qurbon hayiti bayrami arafasida inspeksiya xodimlarining ko‘hna va navqiron Buxoro shahriga tashriflari tashkil etildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish doirasida tashkil etilgan mazkur  tashrif davomida xodimlar Buxoroning diqqatga sazovor joylari, ko‘hna me’moriy obidalari, arxeologik qazilma namunalari, nodir asori-atiqalar bilan yaqindan tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan Buxoro o‘tmishini o‘zida mujassam etgan muzey eksponatlar tarixi keng yoritildi. Bu sayohat xodimlarning, ayniqsa yoshlarning ongida ona Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakillantirishga, ajdodlarimiz san’atiga, bunyodkorlik salohiyatiga, nozik did bilan qurgan obidalariga bo‘lgan hurmatini oshishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

18 may – Xalqaro muzeylar kuni - Inspeksiya xodimlari ham xalqimizning tarixiy, ilmiy-madaniy va ma’naviy qadriyatlaridan yaqindan xabardor bo‘lish maqsadida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi va Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ayol borki olam munavvar! - Inspeksiyaning ayol xodimlari rahbariyat va kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Gender tenglik – munosabatlarning ijtimoiy jihati - Transport vazirligida ishchi xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Jamiyatda gender tengligini ta’minlash” mavzusida axborot – ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Inspeksiya xodimlari qadim Buxoroda - inspeksiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida inspeksiya xodimlarini Buxoro shahriga sayohati tashkil etildi. Markaziy apparat va filiallar xodimlaridan tashkil topgan jamoa ko‘hna shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib qaytishdi.

Inspeksiya faoliyatida gender tengligiga oid hujjatlar ro‘yxati

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlari hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar 2019-yil

18-buyruq - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi 3-son qarori ijrosi to'g'risida

85-buyruq - Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat-kengashini tashkil etish haqida 

248-buyruq - O'zbekiston Respublikasi “Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” Qonuni ijrosini ta'minlash haqida

177-buyruq - O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 22- iyuldagi 115-son buyrug'i ijrosini ta'minlash haqida

32-bayon - O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 sentyabrdagi 10/1-2825 sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi hamda 10/1-2825 sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlari hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasini ijro qilish haqidagi Transport vazirligi topshirig'ini ijro qilish to'g'risida yig'ilish

04.08.2024  Chop etish