Ishonch telefoni

 

Transport nazorati inspeksiyasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar haqida

MA`LUMOT

Transport nazorat inspeksiyasi

Ishonch telefoni raqami

Ish kuni

Ish vaqti

Qabul qilingan so'rovlar soni

Ko'rib chiqildi

 

+998(71)202-05-01      (442)

Dushanbadan-jumagacha

9-00 dan

18-00 gacha

38

38

Transport nazorati inspeksiyasining 
“Ishonch telefoni” to‘g‘risidagi 
N I Z O M

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi deb “Ishonch telefoni”orqali kelib tushgan murojaatlarning qabul qilinishi, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi. 

I.Umumiy qoidalar

  • ”Ishonch telefoni" Transport nazorati inspeksiyasi bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir. 
  • Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
  • -“Ishonch telefoni”ni texnik jihatdan ta’minlanishi – “Ishonch telefoni”ni o‘rnatish va ish holatida saqlash;
  • -operator – “Ishonch telefoni”orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Transport nazorati inspeksiyasi inspeksiyasi tomonidan tayinlangan vakolatli shaxs;
  • - jismoniy va yuridik shaxs – “Ishonch telefoni”ga murojaat etgan shaxs.

II.  “Ishonch telefoni” tarmog‘ini ishlashini ta’minlash

  • «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i amalga oshiradi. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatni bevosita qabul kilish, qayd etish, tahlil etish hamda hujjatlashtirishni ta’minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.
  • “Ishonch telefoni”ning ishlashi kunning ish vaqtida ta’minlanadi. Ushbu maqsadda “Ishonch telefoni” tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi Transport nazorati inspeksiyasi inspeksiyasi boshlig‘ining qabulxonasida o‘rnatiladi. 
  • Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i “Ishonch telefoni” ishiga mas’ul shaxs tayinlaydi.
  • Mas’ul shaxs: 
  • - “Ishonch telefoni” orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;
  • - “Ishonch telefoni” orqali olingan murojaatlar, telefon orqali so‘rovlar matnini Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyatiga taqdim etilishini; 
  • - yozib olingan axborotni saqlanishini ta’minlaydi.
  • «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas’ul shaxs “Ishonch telefoni”ni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta’minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).
  • ”Ishonch telefoni” raqami Transport nazorati inspeksiyasi rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi  binosidagi hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo‘ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

III. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish

  • “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish Toshkentdagi inspeksiyaning Markaziy apparatida: (71)299-76-46, Toshkent mintaqaviy filialida: (71)299-94-38, Farg‘ona mintaqaviy filialida: (73)552-52-76, Buхoro mintaqaviy filialida: (65)524-38-84, Orolbo‘yi mintaqaviy filialida: (61)312-11-83, Qashkadaryo mintaqaviy filialida: (75)227-11-23 telefon raqamlari orqali inspeksiyaning boshlig‘i kotibasi va joylarda filial boshliqlarining kotibalari (Operatorlar) tamonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish Operatorlar tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
  • “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi. 
  • “Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi. 
  • Ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi: Transport nazorati inspeksiyasining “Ishonch telefoni”, Sizni eshitaman”. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.
  • Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qayerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O‘zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali inspeksiyaning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi. 
  • Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, usha kunidan kechiktirmasdan Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyatiga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi (“Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qayd etish kitobi mazkur Nizomning1-ilovasida keltirilgan).
  • Operator har kuni 18-00 holatiga “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tushgan va qayd etilgan murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumot shakliga muvofiq tayyorlaydi.
    Ma’lumotda “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. 
  • Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumotlarni Operatorlar tomonidan har haftaning juma kuni soat 15-00 gacha inspeksiya Axborot xizmati rahbariga taqdim etiladi. 
  • Transport nazorati inspeksiyasi  inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari har chorakda “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni inspeksiya rahbariyatga taqdim etadi.

IV. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash

  •  “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni birlamchi baholash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:
  • - murojaatni Transport nazorati inspeksiyasiga vakolatiga tegishliligi;
  • - boshqaruv va operativ qaror qabul qilish uchun axborotni to‘liqliligi;
  • - murojaatda ko‘rsatilgan vajlarni ishonchliligi.
  • Operator murojaatni qabul qilish davomida jismoniy shaxsdan o‘tkazilgan suhbatda: 
  • - murojaatdagi axborotni olingan jihatlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish imkonini beruvchi manbalar doirasini aniqlashtiradi;
  • - murojaatda ko‘rsatilgan axborotdan bexabar bo‘lgan, lekin aniq yordam ko‘rsata oladigan yoki guvoh sifatida qatnashadigan kishilarni aniqlashtirish bo‘yicha chora-tadbir ko‘rishi lozim.

 V.Javobgarlik

  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzish, shuningdek, ushbu Nizom bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
29.03.2024  Chop etish