“Toshkent-Samarqand-Buxoro” yoʻnalishida Idoralararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalida boshlanib, unda avvalgi yigʻilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari, Idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari A.Kamildjanov va Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari A.Abduraxmanovlar boshchiligida komissiya a'zolari harakat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud kamchiliklarni nazorat qilib chiqdilar.
Temir yoʻl kesishmalari, temir yo'l yon atroflari koʻzdan kechirildi. Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari yuzasidan Toshkent, Buxoro MTU filiallari rahbariyati, tegishli xoʻjaliklar va mahalliy hokimiyat vakillariga tavsiyalar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati