Yanvar oyida 300 dan ziyod profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va filiallari xodimlari tomonidan joriy yilning dastlabki oyi davomida faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan korxona va tashkilotlarda 317 ta profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Unda temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligi sohasiga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan seminarlar tashkil etiladi hamda kerakli tavsiyalar beriladi.
Profilaktik tadbirlarda temir yo‘llarda harakat xavfsizligini buzlishini oldini olish, ehtimoliy xavfni oldindan bartaraf etish mumkinligi bilan ahamiyatlidir. Inspektorlar tomonidan har bir xo‘jalik bo‘yicha normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini va amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.
Joriy oy davomida inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlar haqida xabar berilgan https://rwnadzor.uz/oz/news/220108.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati