Tenderlar

“O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasining

rasmiy veb-saytini ishlab chiqish bo`yicha

tanlov e`lon qiladi

 

  1. Loyiha nomi:“O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasining rwnadzor.uz - rasmiy veb-saytini zamonaviy talablar va O`zbekiston Respublikasi qonunchilik me`yorlari (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori va boshqa tegishli qonun hujjatlari)ga mos ravishda qayta ishlab chiqish.
  2. Loyihaning amalga oshirish muddati – 30 kalendar kun.
  3. Tanlov ochiq turda oʻtkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega boʻlgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik maqomga ega boʻlgan barcha korxona va tashkilotlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida tanlov savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar hamda tanlov hujjatlarini sotib olgan korxonalar ishtirok etishlari mumkin.
  4. Ishchi organ- “O`zdavtemiryo`lnazorat” davlat inspeksiyasi

Manzil: Toshkent sh, 100015, Turkiston koʻchasi, 7.

Telefon: (71) 299-76-55,  (71) 299-75-07

E-mail: ict@rwnadzor.uz, info@rwnadzor.uz

 

Konkurs savdolarida ishtirok etish uchun korxonalarga quyidagi talablar belgilangan:

  • Korxona tanlov savdosi e’lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 3 yildan kam boʻlmagan boʻlishi kerak;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar va bitimlar imzolash vakolatiga ega boʻlgan korxona boʻlishi kerak;
  • Korxona qayta tashkil etish tugatilish yoki bankrotlik yoki mijoz bilan sud yoki hakamlik sudi jarayonida boʻlmasligi kerak;
  • Korxonaning soliq oldida qarzi mavjud emasligi;
  • Korxona kamida 3 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona buyurtmachi bilan avval imzolangan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini toʻliq toʻgʻri bajargan boʻlishi kerak;
  • Korxona shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishini taʻminlash uchun, axborot texnologiyalari sohasida yirik loyihalarni amalga oshirishda yetarli resurslarga ega boʻlishi va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona oʻz sifat menejmenti tizimi faoliyatida foydalanish boʻyicha ma’lumotlarni va hujjatlashtirilgan yondashuv jarayoni asosida ma’lumotlar taqdim etishi kerak;
  • Korxona foydalanuvchilarni oʻqitish va axborot tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona tanlov savdolarida ishtirok etish uchun barcha talab etilgan hujjatlarni belgilangan vaqtdan kechikmagan holda  taqdim etishlari kerak.
  1. Tanlov takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha 2018 yil 8 iyunga qadar taqdim etilishi kerak.

                   Yetakchi iqtisodchi                                                                                     Tagmanov B.R.

                   AKT bo`limi boshlig`i                                                                                  Nabiev Sh.A.

21.06.2018