Ko'p beriladigan savollar

1.O‘zining shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik subyektlari (temir yo‘l transporti) xodimlari qayerda malakasini oshirishi mumkin?

*Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida.

 2.Transport nazorati inspeksiyasi transportning qaysi    yo‘nalishlarida davlat nazoratini amalga oshiradi?

*Inspeksiya avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiradi.

3.Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari YHXB xodimlarisiz, mustaqil ravishda avtotransport vositasini to‘xtatishga haqlimi?

*Inspektorlar avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalar yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlarida, statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun to‘xtatish huquqiga ega.

4.Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo‘lovchilarni tashish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?

*O‘zbekiston respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1764-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

5.Avtomobil yo‘llarida sun’iy notekisliklar qanday tartibda o‘rnatiladi ?

*Sun’iy notekisliklar O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti  O'zDst 3403:2019 ga asosan transport vositalarining maksimal tezligini 40 km/h gacha majburiy kamaytirish uchun ichki avtomobil yo‘llarining ayrim joylarida (maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasalxonalar, bozorlar va boshqalar) 5-7 sm balandlikda ushbu avtomobil yo‘lini balansida saqlovchi korxonaning ruxsati bilan o‘rnatiladi. Bunda, yo‘lning sun’iy notekislik bor uchastkalari to‘g‘risida avtomobil yo‘lidan foydalanuvchilarga ma’lumot yetkazish uchun yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalari yo‘l belgilari va chiziqlari bilan jihozlanishi shart. Xalqaro va Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llariga sun’iy notekisliklar o‘rnatish taqiqlanadi.

6.Mahalla ichki ko‘chalarini ta’mirlash qanday tartibda amalga oshiriladi???

*Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3- maydagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan “ «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi  nizomga  asosan 2023 yildan boshlab mahalla ichki ko‘chalarini ta’mirlash jamoatchilik fikri asosida «Ochiq byudjet» axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanishi belgilab o‘tilgan.

24.09.2024