Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida
Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish
USLUBIYOTI
I. Umumiy qoidalar
- Mazkur Uslubiyot Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarining (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) ichki normativ hujjati hisoblanadi va Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki normativ hujjatlar bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibi hamda standartlarini belgilaydi.
- Mazkur Uslubiyotda monitoring deganda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi samaradorligini baholash hamda Inspeksiya faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida tekshirish, nazorat deganda tanqidiy o‘rganish ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi holatining tahlili tushuniladi.
- Mazkur Uslubiyot O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Inspeksiyaning ichki normativ hujjatlari talablariga muvofiq, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillarining samaradorligini monitoring va nazorat qilish (keyingi o‘rinlarda –monitoring va nazorat) Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul (keyingi o‘rinlarda – ichki nazorat uchun mas’ul) tomonidan amalga oshiriladi.
- Monitoring va nazoratning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Inspeksiya faoliyatining korrupsiyaga qarshi qabul qilingan talablarga muvofiqligini tekshirish;
korrupsiyaga oid va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yetarliligi va korrupsiyaga qarshi tadbiq etilgan tartib-taomillarning samaradorligini oshirish va baholash;
kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi komplaens tizimini takomillashtirish;
Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi ichki normativ hujjatlari va tartib-taomillariga rioya qilinishini tahlil qilish;
Inspeksiya faoliyatida korrupsiya xavf-xatarlar indikatorlarini aniqlash;
manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tahlil qilish;
Inspeksiyaning korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirishga qaratilgan boshqa tartib-taomillarining bajarilmaganligini aniqlash;
Inspeksiyada avvalgi o‘tkazilgan monitoring natijalari va korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillari, xizmat tekshiruvlari, ichki audit tekshiruvlari, boshqa nazorat choralari va ular doirasida taqdim etilgan tavsiyalarga rioya qilinishi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish rejasida tasdiqlangan boshqa tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- Ushbu Uslubiyot maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kontragent (shartnomaviy sherik) – Inspeksiya bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;
korrupsiyaviy xarakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy harakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga qarshi tizim – korrupsiyaviy harakatlarning, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligi va Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir ichki hujjatlari buzilishining oldini olish, Inspeksiya xodimlari tomonidan o‘z faoliyatini professional va xulq-atvor jihatdan yuksak darajada amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;
relevant xabar – Inspeksiyadagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotdan iborat bo‘lgan axborot;
xodim – Inspeksiya bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs.
II. Monitoring va nazorat o‘tkazish yo‘nalishlari va tadbirlari
- Inspeksiyada quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha korrupsiyaga qarshi monitoring o‘tkaziladi:
idoraviy korrupsiyaga qarshi tizim tizimining aktualligi va uning qonunchilik talablari, shu jumladan, xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi monitoringi;
ommaviy axborot vositalarida Inspeksiya xodimlarining yoki uning kontragentlarining korrupsiyaviy hatti-harakatlari to‘g‘risidagi axborot mavjudligi monitoringi;
Inspeksiya xodimlarining korrupsiyaga qarshi asosiy tamoyil va talablardan xabardorligi monitoringi.
- Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi tizimning nazorati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
korrupsiyaga qarshi dasturlar, yo‘l xaritalari ijrosi ustidan nazorat;
Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat.
III. Idoraviy korrupsiyaga qarshi tizim monitoringini
o‘tkazish tartibi
- Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining aktualligi va uning qonunchilik talablari, shu jumladan, xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi monitoringi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat uchun mas’ul) tomonidan doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashga oid qonunchiligi va boshqa korrupsiyaga oid talablarni (masalan, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi qarorlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ko‘rsatmalari va tavsiyalari) kuzatib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda, zarurat tug‘ilganda Ichki nazorat uchun mas’ul monitoring yakunlari bo‘yicha Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi tizimini takomillashtirish, ichki idoraviy hujjatlarni o‘zgartirish yoki yangi hujjatlar, chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Inspeksiya rahbariga kiritadi.
- Ommaviy axborot vositalarida Inspeksiya xodimlarining korrupsiyaviy hatti-harakatlari to‘g‘risidagi axborot mavjudligi monitoringi, Inspeksiya axborot xizmati tomonidan doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Monitoring natijasida xodimga aloqador relevant xabar aniqlanganda Inspeksiyadagi xodimlarining korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatda belgilangan tartibda harakat qilinadi.
- Inspeksiya xodimlarining asosiy korrupsiyaga qarshi tamoyillar
va talablar to‘g‘risida xabardorligini tekshirish Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan yarim yilda bir marta amalga oshiriladi.
Xodimlarning xabardorligi mazkur uslubiyotga 1-ilovada keltirilgan xodimlarining korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablardan xabardorligini tekshirish tizimiga muvofiq o‘tkazilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tanlov asosda Inspeksiya xodimlarining tekshiruvda ishtirokini aniqlash (so‘rovda qatnashadigan xodimlarning minimal soni Inspeksiyaning turli tuzilmalaridan turli lavozimlarni egallagan 6 kishi);
korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va Inspeksiya talablariga muvofiq savollar ro‘yxatini tuzish (vaziyatli topshiriqlar - keyslarni yechish bilan) savollarning minimal soni 10 ta, test, ochiq savollar yoki boshqa shaklda tuzilishi mumkin);
javob/yechimlarni taqdim qilish uchun tanlangan xodimlarga nazorat savollarini yuborish;
natijalarni tahlil qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish talablari va tartib-taomillarini tushunish va ularga rioya qilishdagi qiyinchiliklarni xodimlar bilan muhokama qilish.
- O‘tkazilgan monitoring va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot
2-ilovaga muvofiq shaklda jurnalga kiritiladi.
IV. Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi tizimning
nazoratini amalga oshirish
- Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi dasturlar, yo‘l xaritalari ijrosi ustidan nazorat korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatga muvofiq hisobot tuzish davomida amalga oshiriladi.
- Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkil qiladigan funksiya, tartib-taomillar, korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan munosabatlarga nisbatan Inspeksiyada joriy etiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga nisbatan amalga oshiriladi.
- Inspeksiya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat perimetriga quyidagi xavfli jarayonlar kiritilishi mumkin:
xaridlar bo‘yicha faoliyat;
sovg‘alar, xizmat safarlari xarajatlari;
faoliyati nazorat qilinuvchi Inspeksiyalar bilan o‘zaro hamkorlik;
moliyaviy mablag‘larni sarflanishi;
personalni boshqarish (kadrlarni tanlash, tayinlash, lavozimini xizmat) oshirish, mukofotlash va boshqa ko‘rinishdagi rag‘batlantirish).
- Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladigan faoliyat jarayonlarining ko‘rsatilgan ro‘yxati har yili korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash natijalariga ko‘ra Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va agar lozim bo‘lsa, korrupsiya nuqtai nazaridan xavfli bo‘lgan yoki Inspeksiya uchun dolzarb bo‘lmagan jarayonlar nuqtai-nazaridan, Inspeksiya rahbari va Inspeksiyaning tegishli bo‘limlari bilan kelishilgan holda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali tuzatish kiritiladi.
- Bir yoki bir nechta xavfli jarayonlarga nisbatan korrupsiyaga qarshi nazorat davriy oraliqda, lekin Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi monitoring
va nazorat rejasiga muvofiq har chorakda kamida 1 (bir) marta amalga oshiriladi. - Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat rejasi ikki kalendar yilga mo‘ljallab Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan 15 yanvariga qadar shakllantiriladi va ushbu Uslubiyotda ko‘rsatilgan (15 va 16-bandlar) Inspeksiyaning barcha jarayonlarini, tekshiriladigan davri va tekshiruv muddatlarini o‘z ichiga olishi kerak. Shu bilan birga, tegishli chorakda tekshirilishi kerak bo‘lgan xavf-xatar jarayonlarining ketma-ketligi va taqsimlanish jarayoni Inspeksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha ichki idoraviy hujjatida ko‘rsatilgan, mehnat resurslari bilan ta’minlagan holda qonunbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish kanallari yoki boshqa usullar orqali, rahbariyatdan olingan joriy ko‘rsatmalarga ko‘ra Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan belgilangan tartibda xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha jarayonlarning qoldiq xavf darajasiga qarab amalga oshiriladi.
- Tayyorlangan Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat rejasi 31 yanvarga qadar Inspeksiya rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
- Inspeksiyada rejadan tashqari Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat choralari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
agar Inspeksiya rahbarining tegishli buyrug‘i mavjud bo‘lsa;
Inspeksiyada o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar (shu jumladan rasmiy tekshiruvlar, ichki auditorlik tekshiruvlari va boshqalar) davomida korrupsiya xatarlari aniqlanganda;
Inspeksiyaning aloqa kanallari orqali tegishli xabar olingan taqdirda.
- Nazorat tadbirlari tekshiruv shaklida o‘tkazilib, shu jumladan, korrupsiyaviy harakatlarning indikatorlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi kerak, ular doirasida quyidagi tartib-taomillar ham amalga oshirilishi mumkin:
Inspeksiya tomonidan tuzilgan shartnomalar ma’lumotlarini tovarlarni qabul qilish va topshirish hujjatlari yoki xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish hujjatlari bilan solishtirish;
tovarlarni haqiqiy sotib olish va ulardan foydalanish yoki xizmatlar ko‘rsatish, ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ularning miqdori va sifati bilan tegishli shartnoma va hujjatlarda belgilangan tartibda solishtirish;
Kontragentni yoki Inspeksiyada ishlashga nomzodni tekshirish natijalariga asoslangan xulosada aks ettirishning to‘liqligini, tahlil qilish uchun taqdim etilgan va axborot manbasining mazmunini qayd qiluvchi hujjatlar tarkibidagi ma’lumotlarning to‘liqligini tekshirish, shuningdek, kontragent yoki ishlashga nomzodning shartnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlari va tekshiruvdan o‘tgan shaxsning ma’lumotlarining muvofiqligini tekshirish;
kontragent va Inspeksiya, shu jumladan, muvofiqlashtiruvchi shaxslar tomonidan shartnoma boshqa ma’muriy hujjatlar imzolovchilarining vakolatlari mavjudligini tekshirish, taqdim etilgan hujjatlarni vakolatli shaxslarning imzolari bilan vizual ravishda mosligini solishtirish;
kontragentning rekvizitlarini va tegishli shartnoma bo‘yicha summani buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
Inspeksiya yoki kontragent xodimlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarida tuzatish, o‘chirish, soxtalashtirish belgilari yo‘qligini tekshirish;
qonun hujjatlariga va Inspeksiyaning ichki hujjatlariga muvofiq talab etiladigan ommaviy axborot manbalarida e’lonlarning mavjudligini tekshirish (raqobatlashuv xarid qilish tartib-taomillarining e’lon qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar.);
paydo bo‘layotgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va izohlar olish uchun Inspeksiya xodimlari bilan suhbat.
- Nazorat tadbirlari yakunida ma’lumotnoma tuziladi (keyingi o‘rinlarda- Ma’lumotnoma deb yuritiladi), u kirish, tavsiflovchi va yakuniy qismlarni o‘z ichiga olishi lozim va ularda, odatda, quyidagilar ko‘rsatiladi:
Kirish qismida:
Har bir vazifa va tartib-taomillar uchun nazoratning boshlanish va tugallanish sanalari;
nazorat o‘tkazilgan vazifa va tartib-taomillar ro‘yxati;
nazorat o‘tkazilgan vazifa va tartib-taomillarni bajarishga mas’ul bo‘lgan bo‘limlar va shaxslar ro‘yxati;
Hisobotni tuzish uchun mas’ul xodimning FISh.
Tavsiflovchi qismida:
nazorat o‘tkazilgan har bir vazifa va tartib-taomillar bo‘yicha tanlov amalga oshirilishi usuli va tanlash hajmi;
Inspeksiya korrupsiyaga qarshi tizimining aniqlangan koidabuzilishlari va kamchiliklari, shu jumladan, kamchiliklarning paydo bo‘lishi yoki rivojlanishiga hissa qo‘shgan sabablar va sharoitlar.
Yakuniy qismida:
nazorat o‘tkazilgan har bir vazifa va tartib-taomillarda korrupsiya xatarlarining mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida xulosa;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilgan normalari, Inspeksiyaning ichki hujjatlari ko‘rsatilgan asosiy qoidabuzarliklar;
nazorat o‘tkazish vaqtida aniqlangan qoidabuzarlik yoki kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar;
- Ma’lumotnomaga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar, havolalar va ko‘chirmalar nusxalari(iloji bo‘lsa) ilova qilinishi kerak.
- Ma’lumotnoma Inspeksiya rahbariga taqdim etiladi hamda o‘tkazilgan nazorat to‘g‘risidagi ma’lumot 1-ilovaga muvofiq shaklda Jurnalga kiritiladi.
V. Yakuniy qoidalar
- Monitoring va nazorat yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga kiritiladi.
- Monitoring va nazorat yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni bajarish, amalga oshirilgan ishlar haqida Ichki nazorat tuzilmasiga tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi uchun Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari shaxsan javobgardir.
Korrupsiyaga qarshi kurash
- Korrusiyani oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ huquqiy hujjatlar
- Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati
- Inspeksiya va hududiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti
- Kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti
- Korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha nizom
- Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo'riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo'riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti
- Murojaat uchun
- Korrupsiya holatlarini ko`rib chiqishga doir hisobot