Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo'riqnoma
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlarining etika va
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha tavsiya va qo‘llanmalarni belgilab beradi.
- Ushbu Yo‘riqnoma korrupsiyaviy harakatlarning oldini olish va ularni sodir qilishga xizmat qiladigan sabablarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Inspeksiyaning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
- Inspeksiya xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish (keyingi o‘rinlarda – O‘qitish) dasturlari va materiallari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq ishlab chiqiladi.
2-bob. O‘qitishning asosiy tamoyillari
- Inspeksiya xodimlarini o‘qitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
xolislik va ilmiylik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, xalqaro standartlar hamda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish nazariyasi va amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar natijalariga muvofiqligini ta’minlaydi;
amaliy jihatdan qulaylik – Inspeksiya xodimlarini o‘qitish shakllari, usullari va materiallari amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, real vaziyatlarga asoslanishi, shuningdek xodimlar tomonidan olingan bilimlarni tushunish darajasi va ularni aniq amaliy vazifalarni hal etishda qo‘llash imkoniyatini nazorat qilinishini o‘z ichiga olishi lozim;
ketma-ketlilik va tizimlilik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallari, shuningdek Inspeksiya xodimlarini o‘qitish tartibi izchil va tuzilmaviy-mantiqiy tizimni ifodalaydi. O‘qitish umumiy tushunchalar va voqeliklardan juz’iylariga, oddiydan murakkabga, boshlang‘ichdan mukammalga va h.k o‘tish asosida amalga oshiriladi;
hammaboplik – O‘qitish Inspeksiya xodimlarining joriy bilimlari va ko‘nikmalarini hisobga olish, Inspeksiyaning barcha xodimlari uchun tushunarli bo‘lgan o‘quv materiallirini shakllantirish;
differensialangan yondashuv – Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi o‘qitish aniq funksiyalar va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatar natijalarini hisobga oladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha ravishda maxsus o‘qitiladi;
o‘qitish usullari va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirish – Inspeksiya o‘quv materiallarini ishlab chiqish, o‘qitish, shuningdek Inspeksiya xodimlari tomonidan bilimlar o‘zlashtirilganini tekshirish vaqtida texnik va ilmiy taraqqiyotning innovatsion yutuqlaridan foydalanishga harakat qiladi.
3-bob. O‘qitishning ustuvor vazifalari
- O‘qitish shakllari va usullarini aniqlashda, shuningdek etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallarini shakllantirishda Inspeksiya xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish uchun mas’ul shaxslar quyidagi ustuvor vazifalarga tayanishi lozim:
korrupsiya mohiyati, uning jamiyat hayotining turli sohalari, Inspeksiyaning funksiya va tartib-taomillarida paydo bo‘lish shakllari va o‘ziga xos jihatlari, sabablari, ijtimoiy jihatdan xavfli va zararli oqibatlari to‘g‘risida umumiy tasavvurni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan belgilangan etika va korrupsiyaga qarshi xulq-atvorning ahloqiy qadriyatlari va Inspeksiyaning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishga asoslangan xulq-atvor modelini shakllantirish;
Inspeksiya xodimlarini Inspeksiyada amal qiluvchi korrupsiyaga qarshi kurash tamoyillari, talablari va tartib-taomillari bilan tanishtirish;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqishiga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni aniqlash va ularning oldini olish qobiliyatini shakllantirish, korrupsiyaviy xulq-atvor, Inspeksiyaning etik xulq-atvor qoidalari buzilishiga nisbatan toqatsizlikni namoyon etish.
4-bob. O‘qitishni ishlab chiqish va o‘tkazishga mas’ul shaxslar
- Inspeksiyaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi Inspeksiya xodimlarini O‘qitish rejalarini tayyorlash, tegishli o‘quv materiallarini ishlab chiqish, o‘qitish, shuningdek Inspeksiyada bunday o‘qitishni monitoring va nazorat qilish uchun mas’uldir.
- Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat uchun mas’ul (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat uchu mas’ul) Inspeksiya xodimlarini O‘qitish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi, o‘qitish o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi.
- Inspeksiyaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi O‘qitish intizomi va unga doir axborotlar yig‘ilishini nazorat qiladi.
- Inspeksiya Ichki nazorat uchun mas’ul va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi tegishli tajribaga ega xalqaro yoki mahalliy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar (Inspeksiyada belgilangan tartibda) asosida o‘quv materiallarini tayyorlash hamda O‘qitishni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin.
5-bob. O‘qitish turlari va shakllari
- O‘qitish quyidagi o‘quv dasturlarini ko‘zda tutishi lozim:
barcha xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish;
Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish;
korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish;
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish.
- Umumiy korrupsiyaga qarshi o‘qitish va Inspeksiya tizimi xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish Inspeksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
- Inspeksiyaning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi va quyidagi yangi bilimlarga ega bo‘lish yoki mavjud bilimlarni takrorlash imkoniyatini yaratishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligi, Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, jumladan o‘rnatilgan ta’qiqlar, cheklovlar, huquq va majburiyatlar, xizmat xulq-atvoriga qo‘yilgan talablar, Inspeksiya xodimlarining korrupsiyaviy harakatlari aniqlanganda harakatlar ketma-ketligiga doir ichki hujjatlarini bilish;
korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi boshqa talablar sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotiga doir bilimlar;
olingan bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalari, jumladan Inspeksiyaning turli faoliyat sohalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qobiliyati, Inspeksiyada o‘rnatilgan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini amaliyotda qo‘llay bilish.
Korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish materiallariga kiritish uchun mazkur Yo‘riqnomaga 1-ilovada keltirilgan mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvor qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish Inspeksiyaning barcha xodimlari uchun amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi va Inspeksiyada qabul qilingan etika tamoyillari va qoidalariga doir yangi bilimlarga ega bo‘lish yoki bor bilimlar takrorlanishini ta’minlashi lozim.
- Inspeksiya xodimlari umumiy korrupsiyaga qarshi o‘qitish va Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari natijalari bo‘yicha o‘rganilgan material qanchalik o‘zlashtirilgani va tushunilganligi hamda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini tekshirishga qaratilgan test sinovlari topshirishi lozim.
- Inspeksiya xodimlari savollarning kamida 80 foiziga to‘g‘ri javob bergan taqdirda korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish va Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvori qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan hisoblanadi. Agar xodim savollarning 80 foizidan kamiga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, u takroriy test sinovlarini test topshirgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida topshirishi mumkin.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun maxsus korrupsiyaga qarshi o‘qitish korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitishdan mustaqil (qo‘shimcha) ravishda o‘tkaziladi.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim:
korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish usullari;
korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaning namoyon bo‘lish shakllari va turlari;
uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqa qilishda korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillarga xos bo‘lgan korrupsiyaga qarshi talablar;
korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiyalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan qo‘shimcha talab va tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi ichki hujjatlar.
- Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi
va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish yiliga kamida bir marta malaka oshirish shaklida (seminar, trening va boshqa) korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ekspertlarni jalb qilish, shuningdek bunday o‘qitishlarga ixtisoslashgan vakolatli uchinchi shaxslar (tashkilotlar) tomonidan tashkil etiladigan treninglarda ishtirok etish orqali o‘tkaziladi. - Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchiligidagi o‘zgarishlar, korrupsiyaga qarshi tizimlarni shakllantirish va davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish borasidagi ilg‘or xalqaro metodikalarni o‘rganishni o‘z ichiga olishi lozim.
- Ushbu Yo‘riqnomaning 19-bandida ko‘rsatib o‘tilgan malaka oshirish va treninglardan o‘tish yiliga kamida 10 (o‘n) soatni o‘z ichiga olishi lozim.
6-bob. O‘qitish muddatlari va davriyligi
- O‘qitish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Inspeksiyaning ichki hujjatlarida ko‘zda tutilgan majburiy malaka oshirish doirasida o‘qitish, uchinchi shaxslar bilan qo‘shma konferensiyalar, yig‘ilishlar, simpoziumlar o‘tkazilishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
- Inspeksiya xodimlari etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yiliga kamida bir marta o‘qitiladi.
- Inspeksiya xodimlari quyidagi hollarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yiliga bir martadan ko‘p o‘qitiladi:
xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimni egallab turgan bo‘lsa;
lavozimga tayinlanganda va rotatsiya qilinganda, agar shaxsning yangi lavozimi korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatiga kirsa;
Inspeksiyada korrupsiyaviy harakatlar bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda yoki amalga oshirilayotgan funksiya/tartib-taomilning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi ortganda;
Inspeksiya rahbari qaroriga muvofiq.
- Inspeksiyaga ishga qabul qilingan yoki yangi lavozimga o‘tkazilgan xodimlar ishga kirgan yoki yangi lavozimga o‘tgan vaqtdan boshlab 30 kun ichida korrupsiyaga qarshi va Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitilishi shart.
O‘quv sanasini belgilashda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitishning tasdiqlangan yillik jadvali, guruhda bo‘sh o‘rinlar borligi (kunduzgi o‘quv shakli uchun) va mazkur Bobning 22-23-bandlarida ko‘zda tutilgan o‘qitish muddatlari va davriyligiga amal qilish zarurati hisobga olinadi.
Keyingi korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish va Inspeksiya xodimlarining etik xulq-atvor qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish barcha xodimlar uchun Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi tomonidan yiliga bir martadan kam bo‘lmagan davriylikda belgilanadi.
- Xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimni egallab turgani bilan bog‘liq holatlarda yoki xodim shunday lavozimga tayinlanganda maxsus korrupsiyaga qarshi o‘qitish etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘qitishning yillik jadvalida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi har yili O‘qitish jadvalini tuzadi va 31 dekabrgacha uni Inspeksiya rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
O‘qitish jadvalini tuzishda xodimlar tomonidan oldingi o‘qitish muddatlari hisobga olinadi.
O‘qitish jadvalida albatta o‘qitish kursi nomi, sanasi, shuningdek o‘qitish tayinlangan lavozimlar ko‘rsatiladi.
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limining mas’ul xodimlari o‘qitish boshlanishidan 10 ish kun oldin xodimlarni xabardor qiladi. Belgilangan muddatda o‘qish imkoniyati bo‘lmasa (kunduzgi o‘quv shakli uchun, masalan yuqori mavsumiy yuklama, kasallik varaqasi, rejalashtirilgan ta’til singari asosli sabablar), xodim o‘qish boshlanishidan
5 (besh) ish kunidan kechiktirmay o‘qishni boshqa sanaga ko‘chirish Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limini ogohlantirib qo‘yishi lozim.
7-bob. O‘qitish intizomini nazorat qilish va hujjatlarni saqlash
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi Inspeksiya xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘qitilishiga doir ma’lumotlarni yig‘ib boradi va ularni har chorakda Inspeksiyaning Ichki nazorat tuzilmasiga taqdim etadi.
Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi (jumladan, o‘quv intizomi, xodimlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan mavzular va test savollari) va tahlil natijalarini korrupsiyaga qarshi tizimning amal qilishi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha doimiy hisobotlarga kiritilishini, shuningdek o‘quv materiallari korrektirovka qilinishini (zarurat tug‘ilganda) ta’minlaydi.
- Xodim unga tayinlangan o‘quv yoki uning natijalari bo‘yicha test sinovlarini belgilangan muddatlarda o‘tmasa, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bunday xodimning rahbarini unga nisbatan tegishli qaror qabul qilish maqsadida ogohlantiradi.
- O‘qitish jadvali, yo‘qlama varaqalari, test natijalari, xodim o‘qiganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limida saqlanadi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
- Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Inspeksiyaning ichki hujjatlaridagi o‘zgarishlar qiritilganda, korrupsiyaga qarshi o‘qitishni tashkil etish sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyot o‘zgargan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi. Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul mazkur Yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish uchun javobgar hisoblanadi.
- Inspeksiya xodimi egallab turgan lavozimi, ish staji, mavqei va boshqa omillardan qat’iy nazar mazkur Yo‘riqnomaning tamoyillari va talablariga rioya qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari
xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha
yo‘riqnomaga ilova
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlarini korrupsiyaga
qarshi kurashish umumiy o‘qitishning
TAXMINIY MAVZULARI
Mavzu |
Komponentlar |
Korrupsiyaning tabiati |
Korrupsiya tushunchasi, uning shakllari va sabablari; Korrupsiyaning ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatidagi mazmuni; Jamiyatda korrupsiyaga munosabat. |
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik; Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ichki hujjatlar; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro amaliyot. |
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish usullari |
Inspeksiyadagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi elementlari, shuningdek muhim chora-tadbirlar sharhi; Inspeksiyadagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish; Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati; Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xodimlar va tarkibiy bo‘linmalarning majburiyat va vakolatlari; Ma’muriy tartib-taomillar va reglamentlardan foydalanish. Ma’muriy to‘siq va byurokratizmni bartaraf etish; Korrupsiyaviy harakatlar/ularni sodir etish xavfi yuzaga kelgan vaqtdagi harakatlar; Korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risida xabar berish (xabarlarni uzatish kanallari, xabarlar mazmuniga doir Yo‘riqnoma, xabarlarni ko‘rib chiqish tamoyillari). |
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar va tipik korrupsiyaviy harakatlar |
Inspeksiyadagi xavf-xatarlar va korrupsiyaviy harakatlarning asosiy turlari; Nazorat-ruxsat berish funksiyalari va tartib-taomillari doirasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Sovg‘alar va ishbilarmonlik mehmondo‘stligi belgilari berish/olishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Fuqarolar, kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Xodimlarni Inspeksiyaga tanlab olish va ishga qabul qilishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Xaridlarni amalga oshirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Turli xizmat turlari, funksiyalar uchun litsenziya berish, shuningdek litsenziya bitimlari talablari va shartlarini bajarish ustidan nazorat bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Binolarni ijaraga berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; O‘zaro hamkorlik va tasarrufiy Inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Tanlovlar bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Turli hujjat turlari ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ular ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar; Inspeksiya faoliyatidagi boshqa xavf-xatarlar. |
Korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik |
Korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy javobgarlik; Korrupsiyaviy xarakatlar uchun jinoiy javobgarlik; O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaviy harakatlarga doir ishlari bo‘yicha sud amaliyoti sharhi. |
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati roli |
Jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida; Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish; Korrupsiyaga qarshi jamoatchilik fikri va xulq-atvorini shakllantirish; Fuqarolik jamiyati institutlarining Inspeksiya bilan o‘zaro hamkorligi. |
Korrupsiyaga qarshi kurash
- Korrusiyani oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ huquqiy hujjatlar
- Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati
- Inspeksiya va hududiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti
- Kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti
- Korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha nizom
- Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo'riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo'riqnoma
- Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti
- Murojaat uchun
- Korrupsiya holatlarini ko`rib chiqishga doir hisobot