Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilishi va 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yildagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani
MAVZU: Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilishi va 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yildagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani.
SPIKERALAR: Jamshid Karimov - Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i
Firdavs Xayriddinov - Transport nazorati inspeksiyasi matbuot kotibi
Sanjar Sattarov - Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Jumamurod Mahmudov - Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-94-son farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etildi hamda unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini taʼminlash bo‘linmalari xodimlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 668-son qarori bilan inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda javobgarligi belgilandi.
Inspeksiya avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi.
ASOSIY KO‘RSATKICHLAR
2023 yilda transport nazorati sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tadbirkorlik subyektlarida xavfni tahlil qilish orqali
692 marotaba nazorat tadbirlari (tekshirish) o‘tkazildi;
Tekshiruv natijasi bo‘yicha 966 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi;
4 477 marotaba Tadbirkorlik subyektlarida Profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan - Avtomobil yo‘llari va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi nazoratini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar doirasida yo‘l qurilishi obyektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida qoidabuzarliklarni oldini olishga qaratilgan 1 094 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tgan 2023 yilda 917 ta yo‘l qurilishi obyektlarida nazorat ishlari o‘tkazilishi natijasida 1 945 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. (Shu jumladan: qurilish – 135 ta, rekonstruksiya – 282 ta, taʼmirlash – 1 132 ta va boshqa obyektlarda 396 ta.)
Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha jami
943 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. (Shu jumladan: buyurtmachilarga – 30 ta, pudratchilarga – 736 ta, boshqa tashkilotlarga – 177 ta.)
Nazorat ishlari natijasida aniqlangan 8 milliard 969 mln. so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlarga 137 ta talabnomalar kiritildi.
Qo‘pol ravishdagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 86 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborildi.
Shuningdek, hisobot davrida barcha dasturlar doirasida foydalanishi topshirilishi rejalashtirilgan obyektlar soni
163 tani (shundan: yo‘l obyektlari 110 ta va ko‘priklar 53 ta) tashkil etadi, biroq amalda obyektlarda ishlar to‘liq yakunlanmaganligi hamda kamchiliklar mavjudligi sababli Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l-qurilishi ishlarini nazorat qilish hududiy bo‘limlari ishtirokida jami – 90 ta obyekt foydalanishga qabul qilindi, (Shu jumladan: avtomobil yo‘llari jami 49 ta - yaʼni qurilish – 6 ta, rekonstruksiya qilish - 20 ta, mukammal taʼmirlash – 23 ta hamda sunʼiy inshootlar jami 41 ta, yaʼni qurilish – 4 ta, rekonstruksiya qilish - 26 ta, mukammal taʼmirlash – 11 ta).
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA NAZORATI YO‘NALISHI BO‘YICHA:
2024 yil 1 yanvar holatida Respublikamizda avtomobil transporti soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 3 970 ta korxonalar (MCHJ)lar mavjud bo‘lib, ularda litsenziyalangan transport vositalari 229 917 tani tashkil etmoqda, jumladan:
avtobuslar 7 779 tani,
mikroavtobuslar 3 579 tani,
yengil avtomobillar soni 195 346 tani (damas 30 541),
yuk avtomobillari esa 23 213 tani tashkil etadi.
Bundan tashqari, yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 128 526 tani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha joriy yil 1 yanvar holatiga tashuvchilar tomonidan
2 426 ta muntazam yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan ulardan 546 tasi shaxar yo‘nalishlari, 1652 ta shaxar atrofi hamda 228 tasi shaharlararo yo‘nalishlaridir.
2023 yil davomida Tadbirkorlik subyektlarini litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan 49 ta korxonada tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha Biznes-ombudsman bilan kelishilib tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijalarida, korxonalarda litsenziyasiz va tender guvoxnomasiz faoliyat ko‘rsatish xolatlari aniqlangan bo‘lib, ularga nisbatan tegishli moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, 2023 yil davomida Transport nazorat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligini YHXB boshqarmalari bilan hamkorlikda Respublika bo‘yicha jami 16 188 ta reyd-tadbirlari o‘tkazgan bo‘lib, ushbu reyd tadbirlar davomida avtomobilda tashuvlar sohasida 110 298 ta huquqbuzarlik aniqlangan va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborilgan.
Rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalarga asosan 71 180 nafar huquqbuzar faoliyatini qonuniylashtirib, litsenziya varaqasini olgan.
TEMIR YO‘L VA METROPOLITEN NAZORATI YO‘NALISHI BO‘YICHA:
65 ta tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Mazkur tekshiruvlar jarayonida 3805 ta temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari buzilishi, infratuzilma va harakat tarkiblarining nosozligi aniqlandi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 61 ta ko‘rsatmalar berildi.
2 022 ta temir yo‘l transporti xavfsizligini taʼminlash va texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
43 ta temir yo‘l transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilish ishida ishtirok etildi.
98 ta temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi talablarini buzish holatlari bo‘yicha temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan olib borilgan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etildi.
82 ta temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlariga harakat xavfsizligi bo‘yicha tahliliy xabarnomalar yuborildi.
1 266 ta temir yo‘l kesishmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etildi.
181 ta mahalla va o‘quv muassasalarda manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
SUV TRANSPORTIDA NAZORAT YO‘NALISHI BO‘YICHA:
Respublikada mavjud bo‘lgan kemalarni aniqlash, kema reyestriga kiritish, ularni tegishli texnik ko‘riklardan o‘tkazish uchun 61 ta kema egasi bilan shartnoma tuzildi (Xorazm viloyati 23, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 6, Surxondaryo viloyati 8, Toshkent viloyati 24). Foydalanishda bo‘lgan 113 ta kema texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 12 ta kema ro‘yxatga olindi, 5 ta kema qayta ro‘yxatga olindi, 5 ta kemaga qurish, yangidan jihozlash va taʼmirlash davrida texnik nazorat olib borildi.
Kema reyestriga 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritildi va kemalar soni 262 tani tashkil etdi.
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlarining bilim va malakasini oshirish, xalqaro tajribani sohada tadbiq etish maqsadida Rossiya Federatsiyasining vakolatli transport nazorati organi - Rostransnadzor bilan tajriba almashish ishlari amalga oshirildi va anglashuv memorandumi imzolandi.
2024 YIL REJALAR
Sohada islohotlarni davom ettirish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, 2024 yilda transport nazorati sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- avtomobil yo‘llari va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Respublika hududida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish;
- yuk va yo‘lovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish;
- harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reyestrini yuritish.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sohani raqamlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, mazkur yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
“Temir yo‘l harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Mazkur tizim yaratilishi natijasida:
Respublikadagi temir yo‘l harakatdagi tarkibi va infratuzilmasi obyektlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllanishiga erishiladi;
Lokomotiv, vagon, elektrotaʼminot, aloqa va signallashtirish, tashish va yo‘l xo‘jalik obyektlarining texnik holati to‘g‘risida aniq maʼlumotlar shakllanadi;
Davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi maʼlumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkoni yaratiladi.
Mehnat va dam olish rejimiga, belgilangan tezlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun taxograf qurilmasidagi maʼlumotlarni aniqlaydigan maxsus elektron qurilma (kardrider) xarid qilinadi va dasturiy taʼminotga ulanadi.
Bu orqali, yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan haydovchilarning xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda mehnat va dam olish rejimiga, belgilangan tezlikka rioya etilishini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Shu orqali, yo‘l transport hodisalarining oldini olish va o‘lim holatlarini qisqartirish yoki bartaraf etishga erishiladi.
Inspeksiya xodimlarini zamonaviy axborot elektron qurilmalari bilan taʼminlanadi. Xususan, davlat inspektorlari 150 ta planshet va 251 ta bodi kamera qurilmalari bilan jihozlanadi, ular uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Shu orqali:
Inspeksiya xodimlarining ish samaradorligi oshiriladi;
reyd nazorat tadbirlari davomida hujjatlarni rasmiylashtirishda qog‘ozbozlikdan voz kechiladi;
reyd tadbirlarida xodimlar ish faoliyati masofadan nazorat qilinadi;
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy korrupsiyaviy holatlar oldi olinadi.
“Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqilayapti va bu tizim “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi hamda joriy yilning 2-chorakidan test rejimida ishga tushuriladi.
Mazkur tizim ishga tushirilishi natijasida:
yo‘l qurilishi obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi;
qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatbozlik tizimidan avtomatlashtirilgan elektron tizimga o‘tiladi;
yo‘l qurilshi obyektlarining loyiha hujjatlari va ekspertiza xulosalarini tizimdan elektron shaklda o‘rganish va nazorat ishlarini amalga oshirish imkoni yaratiladi.
Shuningdek, Prezident farmoni va qarorlarida Transport nazorati inspeksiyasiga berilgan vakolat, huquq va majburiyatlarni qonunchilikka moslashtirish maqsadida “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks va boshqa qonun va qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Firdavs Xayriddinov – Transport nazorati inspeksiyasi matbuot kotibi,
+99891-4499343 (telefon, telegram)