“Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ga doir targ‘ibot tadbiri

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

Ishtirokchilar: “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati, Toshkent filiali xodimlari va OAV vakillari.

Ma’ruzachi: Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Ilhom Yusupov Ibodillayevich.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2019 yil 11 oktyabr kuni “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Unga muvofiq, joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasida “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.

“Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida ham yuqori darajada o‘tkazish maqsadida 2019 yil 29 oktyabr kuni inspeksiya markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlar uchun Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Ilhom Yusupov Ibodillayevich ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda 2019 yilning 25 iyunidan amaliyotga joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazumun mohiyati, milliy saylov qonunchiligimizdagi so‘nggi o‘zgarishlar, saylovlar orqali fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi bevosita ishtiroki mavzularida o‘quv - seminar tashkil etildi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tizimida, jumladan “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida 2019 yil oktyabr oyi – Huquqiy madaniyat oyligi deb e’lon qilingani munosabati bilan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yig‘ilganlarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, normativ hujjatlar mazmun-mohiyati borasida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, 2019 yil 27 may kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-sonli Farmoni va unga muvofiq 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi mazmun - mohiyati, umuman korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning o‘rni va dasturning ijrosi borasida to‘xtalib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar inspeksiyaning hududiy filiallarida davom ettiriladi.

 

Firdavs Xayriddinov
- “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining matbuot kotibi
– axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Tel. +99891 449 – 93 – 43,
(71) 299 – 96- 23