Yuk tashishda me’yorlarga amal qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” oyligi doirasida yuk tashishda belgilangan me’yorlarga amal qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Yuk tashish transportida vazn va hajm parametrlari nazoratining asosiy maqsadi avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ta’mir muddatlariga qadar buzilishining oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishni ta’minlashdan iboratdir.

Avtomobil transportida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilardan belgilangan me’yor talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati