Yuk avtomobillari tarozi nazoratidan o‘tkazilmoqda
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo‘limi YHX xodimlari bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn parametrlarini ko‘chma tarozi nazoratidan o‘tkazishmoqda.
Belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanib kelayotgani aniqlangan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomobillar vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.
Ushbu reyd tadbirlari avtomobil yo‘llarining sifatli saqlanishi va sifat ko‘rsatkichlari buzilishini oldini olishga qaratilgan. Barcha haydovchilardan qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati