Yo‘lovchining yonidan giyohvand modda topildi

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Navoiy viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari I.Haydarov hamda A.Ostonov Karmana tumanidagi “Samarqand” YPX maskanida xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida “Matiz” rusumli avtotransport vositasi tekshirish uchun to‘xtatildi. Inspektor yo‘lovchilar bilan suhbatlashmoqchi bo‘lganida ulardan birining o‘zini tutishi va hatti-harakatlari shubha uyg‘otganligi sababli ushbu YPX maskanida xizmat faoliyatini olib borayotgan Jamoat tartibini saqlash xodimlarini chaqirib yo‘lovchini tegishli tartibda tekshirishni so‘ragan.

Tekshirish davomida transport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan S.H.ning yonida giyohvandlik moddasi (190.85 gm marixuana) borligi aniqlanib, IIB Tezkor xodimlariga xabar berilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati