Yaxshi dam - mehnatga hamdam

Transport vazirligi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi bilan hamkorlikda inspeksiya xodimlari uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Shafran” dam olish maskaniga uch kunlik sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlab, «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tadbirlar doirasida inspeksiya xodimlari o‘z imkoniyatlarini bir nechta yo‘nalishda sinovdan o‘tkazishdi.

Ochiq tabiat yon bag‘ridagi hudduda tashkil etilgan sport musobaqalari qiziqarli shu bilan birga murosasiz bahslarga boy kechdi. Bellashuvlarda erkaklar bilan tengma-teng harakat qilgan ayol xodimlarni ham alohida e’tirof etish lozim.

Inspeksiya xodimlari sport musobaqalari bilan birgalikda intellektual o‘yinlarida ham faol ishtirok etishdi. “Zakovat” o‘yinlarida qatnashgan jamoalar mantiqiy savollarga tezkorlik bilan javob berib, bu borada ham qobiliyatlarini namoyish etishdi. Yakunda Markaziy apparat jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o‘rin Temir yo‘l transportida nazorat jamoasiga nasib etdi. “Yo‘lchilar” va “avtomobilchilar” keyingi o‘rinlarni band etishdi. G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati