Xodimlarning hushyorligi giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Navoiy viloyati hududiy bo’limi inspektorlari tomonidan Karmana tumanidagi “Oqtosh” YPX maskanida xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida "Nexia" rusumli avtotransport vositasini tekshirish uchun to‘xtatadi.

Inspektor avtotransport vositasi salonida bo‘lgan yo’lovchilar bilan suhbatlashmoqchi bo’lgan vaqtida yo’lovchilardan birining o’zini tutishi va hatti-harakatlari shubha uyg‘otganligi sababli mazkur YPX maskanida xizmat faoliyatini olib borayotgan Jamoat tartibini saqlash xodimlarini chaqirib yo’lovchilarni tegishli tartibda tekshirishni so’raydi.

Tekshirish davomida transport vositasida yo’lovchi sifatida ketayotgan B.X.ning yonida sariq rangdagi kukunsimon giyohvand moddasi borligi aniqlanib, IIB Tezkor xodimlariga xabar beriadi.

IIB va xolislar ishtirokida o`tkazilgan tekshirishda fuqaro aniqlangan modda taqiqlanganligini bilishini, o`z iste`moli uchun olib yurganligini ma`lum qiladi.

Transport nazorati inspeksiyasi inspektorining hushyorligi va vaziyatni to`g`ri baholaganligi natijasida giyohvand modda olib ketayotgan fuqaro ko`zlagan maqasdiga erish olmay, tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olindi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati