Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent metropoliten DUK hamda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turishibdi.

Safar davomida janubiy koreyalik hamkasblar tajribasi o‘rganilib, ijobiy jihatlarni amaliyotda tatbiq etish maqsad qilingan. Jumladan, tirbandlik vaqtida temir yo‘l izlariga yo‘lovchilar tushib ketishni oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida metropoliten platformalariga to‘siqlar o‘rnatish holati o‘rganilmoqda.

Shuningdek, kelgusida transport tizimini rivojlantirish borasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati