Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov va Belarus Respublikasi Transport inspeksiyasi boshlig‘i Vitaliiy Kireev ishtirokida videokonferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Har ikki tomondan transport yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul rahbarlar ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz tashuvchilar tomonidan avtotransport vositalarining yoʻllarda harakatlanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishning milliy qonunchilikda belgilangan talablari toʻgʻrisida axborot almashildi.

Yuk haydovchilari tomonidan vazn va hajm parametrlarida belgilangan me'yorlarga rioya qilinishi ustidan nazorat tadbirlari mexanizmlari, qonunchilik talablariga rioya etilish holati ham yig'ilish qatnashchilari tomonidan muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolda hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib olishdi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati