Vazn va hajm parametrlariga rioya qilmagan haydovchilarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda
Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga amal qilishi yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Avtomobil va suv transportidagi nazorat Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan G‘ijduvon tumani Sarmijon YPX maskanida ko‘chma tarozi yordamida yuk avtomobillari vazni tekshirilmoqda.
Belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan hamda yukning hajm parametrlariga rioya qilmagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati