Vazn va hajm parametrlari nazoratda

Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hududidan kesib o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo‘lining 1457—1458-kilometrlari oralig‘iga “Tenzo-M” rusumli statsionar ko‘chma tarozi o‘rnatildi. (https://t.me/avtoyulqumita/76762)
Ushbu qurilma yordamida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi xodimlari, Termiz TYFDM vakillari, viloyat Transport nazorati inspeksiyasi hamda YHX xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida 18 ta har xil rusumdagi yuk avtomashinalarining og‘irligi tekshirilib, ulardan 4 tasining belgilangan o‘lchovdan og‘ir yuk olib ketayotgani aniqlandi. Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.
Qo`shma reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati