Vazn va hajm parametrlari bo'yicha reyd tadbirlari

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo'limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX YHXB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda yuk transport vositalarining avtomobil yo‘llarida belgilangan me’yordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda me’yorlar belgilangan. Mazkur me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi hamda transport vositasi saqlash uchun vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin. (https://t.me/Uztransnazorat/4118)

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati