Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda
Mamlakatimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan bayramona kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Unda barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.
Mazkur umumxalq xayriya hashari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida tashkil etildi. Hashar doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar, binolar, ziyoratgoh va qabristonlar, ariqlar hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirilmoqda. Barcha korxona va tashkilotlarda ham xayriya hashari tadbirlari davom etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham katta ishtiyoq bilan xayriya hasharida ishtirok etishmoqda. Xonalar, yo‘laklar umuman korxona hududi to‘liq qamrab olgan holda tozalanmoqda. Har bir xona saranjom-sarishta holatga keltirilib, bahoriy kayfiyat kasb etmoqda.
Zero, qutlug‘ Ramazon ayyomi arafasida boshlangan umumxalq xayriya hashari xalqimiz mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasidir.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati