Transportchilar VII Toshkent xalqaro marafonida faol ishtirok etdi
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar marafon, yarim marafon va 10 km masofaga yugurish trassalarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash yo‘l bo‘ylab yugurishdi.
Marafonda Transport vazirligi va uning tizim tashkilotlari, jumladan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shdilar.
Bevosita bog‘ hududida tashkil etilgan 3 km. masofaga yugurish marafonida ishtirok etgan xodimlarimiz sportga bo‘lgan yuksak e’tiborlarini namoyon etdilar.
VII Toshkent xalqaro marafonida dunyoning 52 ta davlatlaridan jami 11 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati