Transport nazorati inspeksiyasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov Jahon bankining Transport sektori katta eksperti Branko Bayatovich hamda koordinator Nursulu Isabaevalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yo‘l xo‘jaligi sohasida kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarni hamkorlikda rivojlantirish, sohada davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirgan holda xususiy sektorni keng jalb qilish yuzasidan taklflar tinglandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqlarni yanada mustahkamlash va rivolantirishga kelishib oldilar.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati