Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi
Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda vazirlik markaziy rahbariyati, Transport nazorati inspeksiyasi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari, inspeksiyaning markaziy apparati va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hududiy bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Transport vazirning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov tadbir avvalida vazir I.Maxkamovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-94 son farmoni bilan Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilgan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati