Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida

AOKAda Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi, 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.

2024 yil 1 yanvar holatida Respublikamizda avtomobil transporti sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 3 970 ta korxonalar (MCHJ)lar mavjud.

Mazkur litsenziyalangan transport vositalari 229 917 tani tashkil etmoqda, jumladan: avtobuslar 7 779 tani,mikroavtobuslar 3 579 tani, yengil avtomobillar soni 195 346 tani (damas 30 541), yuk avtomobillari esa 23 213 tani tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha joriy yil 1 yanvar holatiga tashuvchilar tomonidan 2 426 ta muntazam yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan ulardan 546 tasi shahar yo‘nalishlari, 1652 ta shahar atrofi hamda 228 tasi shaharlararo yo‘nalishlaridir.

“Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqilyapti va bu tizim “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi hamda joriy yilning 2-chorakdan test rejimida ishga tushiriladi.

 

Transport nazorat inspeksiyasi

Axborot xizmati