"Transport haftaligi – 2024" doirasida tashkil etilgan Xalqaro konferensiya

"Transport haftaligi – 2024" yakunida Xalqaro transport koridorlari boʻylab tashishlar xavfsizligini taʼminlashda transportda nazorat organlarining oʻzaro hamkorligi yuzasidan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

2023-yilgi Transport haftaligi doirasida (https://t.me/Uztransnazorat/2590?single) “Yevrosiyo mintaqasi davlatlarining transport xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazorat organlarining ilgʻor tajribalarni joriy etishda hamkorligi” rezolyutsiyasini amalga oshirish maqsadida transportda nazorat organlari rahbarlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Xalqaro konferensiyada Transport nazorati inspeksiyasi boshlig`i Jamshid Karimov hamda ishtirokchi davlatlarning transportda nazorat organlari rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati