Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida hududda aholiga yo‘nalishli taksi xizmatlarini ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan tender talab shartlarining bajarilish holati nazoratga olindi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati