“Toshkent-Samarqand-Buxoro”-harakat xavfsizligiga oid chora-tadbirlar

“Toshkent-Samarqand-Buxoro” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy temir yo‘l vokzalida boshlangan tadbirda, Transport nazorat inspeksiyasi, Transport prokuraturasi, Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi,  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tegishli boshqarmalari, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ, “Toshkent MTU” filiali rahbariyati  va  bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Transport nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari  A.Abduraxmanov boshchiligida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati, oldingi yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar, Transport vaziri tasdiqlagan chora-tadbirlar rejasidagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

126-diagnostika laboratoriya  vagoni orqali yuqori tezlikdagi poezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirildi.

Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati