Toshkent filialida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi
Respublikamiz aholisiga hamda yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarni uzog‘ini yaqin qilish, ularga temir yo‘l tizimida zamonaviy, sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Toshkent-Samarqand-Qarshi”, “Toshkent-Samarqand-Buxoro” temir yo‘l uchastkalarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakatlanmoqda. Harakat xavfsizligini taʼminlanishini nazorat qilish maqsadida inspeksiyaning Toshkent filiali xodimlari tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Yo‘l patrul xizmati va Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli xodimlari bilan birgalikda temiryo‘l va avtoyo‘l kesishmalarida yuk va yo‘lovchi poyezdlarni harakatlanish xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha komissiyasi tashkil etildi. Temir yo‘l kesishmalarida avtotransport vositalari va piyodalar temir yo‘ldan o‘tishlari uchun xavfsiz va qulay bo‘lishi, doimo ishchi holatda saqlanishi nazoratda bo‘lishi lozim.
Inspeksiyaning Toshkent filiali hududidagi kesishmalarida komissiya bilan hamkorlikda 12-19 oktyabr kunlari kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. O‘tkazilgan ko‘rikda 70 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etishdi va 109 ta kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqildi. Tashkil qilingan komissiya kuzgi ko‘rik jarayonida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni yechimi bilan qiziqdi. Bunday ko‘riklarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘l kesishmalarida yuz berayotgan avtohalokatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish va yo‘l qoidalarga rioya qilinishini mustahkamlashdan iboratdir.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati