Inspeksiya boshlig‘i Samarqand viloyatida yo‘l ob’ektlari bilan tanishdi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov Samarqand viloyatida xizmat safari davomida investitsiya dasturiga kiritilgan qator ob’ektlar qurilishi jarayoni bilan tanishib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Jumladan, Samarqand shahrida qurilayotgan xalqaro avtovokzal, Qoradaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prik, Imom Al-Buxoriy majmuasini aylanib o‘tuvchi yangi yo‘l qurilishi ob’ektlarida qurilish ishlari bilan tanishildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati