OAV vakillari Quyuv-maxanika zavodi faoliyati bilan tanishishdi

Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan "O`zbekiston temir yo`llari" AJ bilan hamkorlikda Quyuv-mexanika zavodida OAV vakillari, bloger va keng jamoatchilik uchun Press-tur tashkil etildi.

Unda OAV xodimlari temir yo‘llar ekspluatatsiyasi va harakat tarkibida ishlatiladigan barcha turdagi ehtiyot qismlar quyiladigan zavod to`g`risida batafsil ma`lumotga ega bo`lishdi.

Mazkur zavodda turli xildagi metallokonstruksiyalar, temir yo‘l izlarini ta’mirlash va yo‘lovchi vagonlar uchun ehtiyot qismlar, qishloq va suv xo‘jaligi buyurtmalari asosida asbob-uskunalar hamda nostandart inshoot va qurilmalar tayyorlash natijasida 400 turdan ortiq ehtiyot qismlar mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati:
- yangi yuk vagon qurish - 1200 dona;
- yuk vagon ta’mirlash - 1500 dona;
- quyma detallar ishlab chiqarish: – 10 000 tn. cho‘yan;
– 15 000 tn. po‘lat;
– 500 tn. rangli metallar.
- metall konstruksiyalar va nostandart uskunalar - 600 tn.

Shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo`l transportida nazorat boshqarmasi inspektorlari tomonidan nazorat va profilaktik tadbirlar o`tkazish tartibi, vagon va lokomotivlarni tekshirish jarayonlariga guvoh bo`lishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Inspeksiya boshlig`i Jamshid Karimov va Quyuv-mexanika zavodi rahbari Xusnutdin Xasilovdan o`zlarini qiziqtirgan asvollariga javob olishdi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati