Tilga e’tibor - elga e’tibor


           Til millat ziynati deyishadi. Darhaqiqat har qanday davlatni tarannum qiluvchi, uning o‘tmishi va kelajagidan so‘zlovchi, mavjudligini belgilovchi vositalaridan biri bu uning tilidir. O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganiga 30 yil to‘lgan bo‘lsada, tilimiz to‘la Davlat tiliga aylanishi borasida ayrim masalalar o‘z yechimini kutayotganligi rost. 2019 - yil 21 - oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilinining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muammolarning yechimini jadallashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tuzildi. Vazirlik va idoralarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.

Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i buyrug‘iga binoan mazkur mas’uliyatli vazifaga yuridik fanlar nomzodi Komil Safarovich Ismoilov tayinlandi.

O‘tgan davr mobaynida inspeksiya faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni, qonunosti hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ish yuritishni davlat tilida tashkil etish borasidagi tizimli ishlar amalga oshirildi. Dastlab qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati,  dolzarbligi barcha xodimlarga tushuntirildi. Markaziy apparat va filiallarda tashkil etilgan seminarlarda ilgari surilgan talablar tezda amaliyotda ham o‘z isbotini topa boshladi. Inspeksiya faoliyatida 2020 - yil boshidan to‘liq o‘zbek tilida ish yuritilishi amalga oshirilmoqda. Mazkur masala inspeksiyaning quyi turuvchi tashkilotlarida ham tanqidiy o‘rganilib, ish yuritish o‘zbek tilida yuritilishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, inspeksiya faoliyatidagi barcha yig‘ilishlar, hisobotlar va tekshiruv yakunlari muhokamasi o‘zbek tilida o‘tkazilmoqda. Tashqi yozuvlar, e’lonlar, fuqarolarni qabul qilish jadvali va boshqa axborot matnlari o‘zbek tilida yuritilmoqda.

Shuningdek, o‘zbek tilida ish yuritish borasidagi malakalarini oshirishga ehtiyoji mavjud bo‘lgan xodimlar uchun tajribali tilshunoslarni jalb qilgan holda o‘quv seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati