Til – millat ko‘zgusi
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda inspeksiya markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari Malika Abdullayeva hamda Oybibi Iskandarovlar qatnashib, yig‘ilganlarga davlat tilining bugungi kundagi mavqei, oshrib borayotgan nufuzi va bu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida so‘z yuritishdi. Jumladan, 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingani bu boradagi ijobiy ishlarni yangi bosiqchga olib chiqdi. Aynan mazkur farmonda 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» sifatida nishonlanishi belgilangani tilimizga bo‘lgan eʼtiborning yorqin namunasi.
So‘zga chiqqanlar inspeksiyada ham ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish davlat tilida olib borilayotgani va xodimlarning malakasi munatazam oshirib borilayotganini taʼkidlashdi. Ishtirokchilar malakali mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati