Transport nazorati inspeksiyasida "Sog‘lom muhit - sog‘lom jamoa" shiori ostida badminton sport turi bo‘yicha ayol xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Ekopark hududida tashkil etilgan bellashuvlar qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi. Musobaqada barcha raqiblarini mag‘lub etgan Muxtaram To‘xtasinova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Muyassar Mambetova va Nilufar Axrorovalar sovrindorlar safidan joy olishdi.

Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Joriy yil inspeksiyada sport musobaqalariga boy o‘tishi kutilyapti. Ayollar o‘rtasida bouling, voleybol va suzish sport turlari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, erkak xodimlar o‘rtasida ham qator musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati