Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari va bir guruh shaxslar orasida tortishuv holati kuzatilgan videolar tarqalayotgani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari Sh.Mannonov va O.Xolovlar Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda fuqaro D.N. hech bir sababsiz xodimlarning xizmat vazifasini olib borishga faol qarshilik ko‘rsatib, haqorat qilgan. Fuqaroga harakatlari noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishga urinishlar samarsiz ketgan. Aksincha, D.N. inspektor Sh.Mannonovning qo‘l telefonini olib qo‘ygan va o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan. Holat yuzasidan inspektorlar IIB xodimlariga murojaat qilishgan va ichki ishlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida fuqaro D.N. shaxsiga aniqlik kiritilib, qo‘l telefoni o‘z egasiga qaytarilgan.
Hozirda fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Inspektorlarning harakatiga ham huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati