Temir yo`l – xavfli hudud

Transport nazorat inspeksiyasi temir yo'l transportida nazorat Farg'ona hududiy bo'limi boshlig'i B.Xojiboyev tomonidan Furqat tumanidagi 23-sonli o‘rta maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida "Temir yo‘l - xavfli hudud" mavzusida o`quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda temir yo`l xavfli hudud ekanligi, kesishmalarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi. Temir yo`ldan o`tishda qoidalarga qat`iy rioya qilgan holda harakatlanish lozimligi, poyezdlarga tosh otish, temir izlar b`oylab quloqchin bilan harakatlanish javobgarlikka sabab bo`lishi va hayot uchun xavfli ekanligi yuzasidan batafsil ma`lumot berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati