Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov Xorazm viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi. “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKning Xorazm hududida inson omili bilan sodir bo‘lgan poezdlar harakat xavfsizligining buzilish holatlari va temir yo‘l kesishmalarida avtomobillar bilan to‘qnashuvlar sabablari muhokama qilindi.
Temir yo‘l transporti korxona rahbarlariga poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashiladigan yuklar, bagaj va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishini, shuningdek yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida ishda uyg‘unlik, yuksak uyushqoqlik va mehnat majburiyatlarini benuqson bajarish talab etilishi tushuntirildi.
Yangi quriliyotgan Shovot – Gurlan – Qipchoq - Qoybaq temir yo‘l liniyasida bo‘lib turgan ishlar bilan tanishish maqsadida joyiga chiqib o‘rganildi. Qurilish ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlarga qurilish ishlarini sifatini oshirish bo‘yicha, qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato kamchiliklarni oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Amudaryo ustidan yangi barpo bo‘lgan ko‘prikni ikki tarafidagi (chap va o‘ng) qirg‘oqlarida joylashgan qo‘riqlash punktlari ko‘zdan kechirildi, ko‘rik davomida ko‘prikning sifatiga va konstruksiyasiga alohida e’tibor berildi. Ko‘prik qurilish tashkilotlariga qurilish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va takliflar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati