Temir yo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlandi
“Temir yo‘l kesishmalarida foydalanish qoidalari”ga asosan "Toshkent MTU" UKning Toshkent-Xojikent yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l kesishmalarining holatini o‘rganish yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, "Toshkent MTU" UK va boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirokida ko‘rik ishlari boshlandi.
Ko‘rikda davomida temir yo‘l kesishmalarining holati, toifalanishi, avtotransport vositasi haydovchilari va mashinist haydovchilariga temir yo‘l kesishmasining ko‘rinish masofasi, kesishma navbatchisining bilim darajasi, temir yo‘l kesishmasi qurilmalari - UZP, shlagbaun, svetoforlarning sozligi, yo‘l belgilarining mavjudligi va sozligi tekshiriladi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati