Temir yo‘l kesishmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishi ishlarini nazorat qilish Navoiy viloyati hududiy bo‘limi, Temir yo‘l transportida nazorat Buxoro viloyati hududiy bo‘limi hamda qator mas`ul tashkilotlar tomonidan Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari - Navoiy-Uchquduq, Qizilquduq-Yangi Zarafshon yo‘nalishlari bo‘yicha temir yo‘l kesishmalarida o`rnatilgan tartibda o`rganishlar o`tkazildi.

Harakat xavfsizligi ta’minlanganlik holati, ya’ni kesishmalarda yo‘l belgilari, yo‘l qoplamalari, signal chiroqlari, yoritish hamda aloqa tarmoqlari, piyodalar o‘tish yo‘laklari holatlari joyiga chiqib ko`zdan kechirildi. O`rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan mas`ullarga tegishli ko`rsatmalar berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati