Temir yo‘l kesishmalari ko‘rikdan o‘tkazildi
"Qo‘ngirot MTU" UKning Urganch-Xiva-Shovot, To`rtkul-Miskin yo‘nalishlari bo‘yicha temir yo‘l kesishmalarining holatini o‘rganish yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi, YHXB, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa tashkilot xodimlari ishtirokida ko‘rik ishlari olib borildi.
Ko‘rik davomida temir yo‘l kesishmalarining holati, toifalanishi, avtotransport vositasi haydovchilari va mashinistlariga temir yo‘l kesishmasining ko‘rinish masofasi, kesishma navbatchisining bilim darajasi, temir yo‘l kesishmasi qurilmalari, svetoforlarning sozligi, chiroqlarining holati, yo‘l belgilarining mavjudligi va sozligi tekshirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati