Temir yo‘l kesishmalari holati o‘rganilmoqda

“Temir yo‘l kesishmalarida foydalanish qoidalari”ga asosan temir yo‘l kesishmalarining holati, toifalanishi, avtotransport vositasi haydovchilari va mashinist haydovchilariga temir yo‘l kesishmalarining ko‘rinish masofasini o‘rganish yuzasidan ko‘rik ishlari davom etmoqda.

Transport nazorati inspeksiyasi, "Toshkent MTU" UK, Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarlari, YHXB va qator mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida Jizzax va Toshkent viloyati hududida joylashgan temir yo‘l kesishmalari holati ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati