Tashuvchilar bilan ochiq muloqot
24-mart kuni Transport vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatidagi milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Xususan, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali qay tartibda taqsimlanishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng, tashuvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan muammoli vaziyatlar har bir korxona kesimida birma-bir ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida tashuvchi korxona vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati