Tadbirlardagi tavsiyalar harakat xavfsizligini taʼminlashda qo‘l kelmoqda

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” Orolbo‘yi hududiy filiali elektrtaʼminot xo‘jaligi bo‘yicha joriy yilning birinchi yarim yilligida qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, harakat havfsizligini taʼminlanishini nazorat qilish, elektr qurilmalarning ishlash samaradorligini oshirish, yaʼni bu borada havo uzatish liniyalaridagi xizmat muddati o‘tgan eski yog‘och tayanchlarini almashtirish kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, yog‘och tayanchlarga qo‘shimcha ulamalarini almashtirish, havo uzatish liniyalari izolyatorlarini yuvish va boshqa rejaga kiritilgan ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilganligi natijasida hisobot davrida bevosita “Qo‘ng‘irot” elektr taʼminoti masofasi xodimlarining aybi tufayli favqulodda elektr uzilishlariga yo‘l qo‘yilmadi.  

Elektr taʼminot bo‘yicha inspektor tomonidan “Qo‘ng‘irot” elektr taʼminlash masofasi bo‘yicha  YAAB (PAB), AB (AB) va BET (P/E) liniyalari qurilmalariga hizmat ko‘rsatish va saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilish, kuzatuv jarayonlari davomida aniqlangan kamchiliklarning bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari elektr qurilmalarining o‘z vaqtida rejaviy ogohlantirish ishlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Harakat havfsizligini taʼminlashda yangi texnika va texnologiyalarni keng joriy etish hamda  elektr isteʼmolchilarining PTE, PTB va elektr qurilmalarining PUE qoidalarini sifatli bajarilishi bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.

 “Qo‘ng‘irot” elektr taʼminoti masofasi bo‘yicha 6 oy davomida 64 ta profilaktik  ishlari tashkillashtirilgan bo‘lib 360 ta kamchilik aniqlangan. Bugungi kunda aksariyat kamchilik o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

 “Qo‘ng‘irot” MTUga qarashli “Qo‘ng‘irot”  va “Miskin” elektr taʼminoti distansiyalarida 112  nafar xodimlar bilan  “Xavfsizlik kuni” tadbirlari o‘tkazilib, bayonnomalar rasmiylashtirildi. Tadbirlarda “O‘zbekiston temir yullari” aksiyadorlik jamiyatida 2020 yil 6 oyi davomida  yul qo‘yilgan harakat xavfsizligi nuksonlari va temir yo‘l kesishmalarida ro‘y bergan  holatlari va ularning kelib chiqish sabablari bilan tanishtirildi.

 Profilaktik ishlar davomida “Kunxudja” – “Qirq-qiz” oraliq masofasidagi 10 kV havo uzatish liniyasi yog‘och tayanchlari elektr taʼminoti  E-7 yo‘riqnomasining talabi buzilganligi va standart temir-beton bo‘lishi tavsiya etildi. “Raushan” bekati 6 kV havo uzatish liniyasida 386 va 389 chi tayanchlarda bir fazali transformatorlarining kuchlanishdan va chaqmoqdan saqlagichlar o‘rnatish tavsiya etildi.

 

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi 
Axborot xizmati