Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi ayrim avtobus haydovchilari tomonidan ATTO elektron validatorlarni o‘zboshimchalik bilan ishlatmaslik holatlari kuzatilayotgani yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Holat yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo`limi inspektorlari va Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Qo‘qon shahridagi barcha shahar ichki avtobus yo‘nalishlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida aksariyat avtobuslar ATTO elektron validator bilan jihozlanganligi, ammo ayrim haydovchilar tomonidan o`chirib qo‘yilganlik holatlari aniqlandi.
Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlari va mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish va bu kabi holatlar takrorlansa, jiddiy choralar ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirildi.
ATTO elektron validator bilan jihozlangan barcha avtobus haydovchilari va mas’ullariga qoidalarga qat’iy amal qilishlari lozimligini, aks holda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishni ma’lum qilamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati