Uchqo‘rg‘on tumanida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi
Uchqo‘rg‘on tuman “Ozod” MFY hududida Namangan viloyat IIB JXX, YHXB boshlig‘i, tuman IIB rahbariyati, Transport nazorati inspeksiyasi mas’ullari, shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar, maktab o‘qituvchilari hamda mahalla yettiligi ishtirokida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Transport nazorati inspeksiyasi xodimi yo‘lovchi tashishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, aholiga xavfsiz va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish kerakligi, eng asosiysi yo‘nalishga chiqishdan oldin belgilangan tartibda kunlik texnik hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tib yo‘lovchi tashish lozimligini bildirdi.
Tumanda YTHlarni, jinoyatchilikni oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligi va birgalikda harakat qilishi kutilgan natijani taqdim etishi ta’kidlandi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati